QARIYALARGA E’TIBOR — MAQSADIMIZ ULUG’VOR
Блог им. imperor19 dekabr kuni «Poytaxt» biznes markazining «Navoiy» zalida «Tajriba va yangilik» loyihasining yakuniga bag'ishlangan konferensiya bo'lib o'tdi.
DVV Intenational «Olmon Xalq Universiteti» hamkorligida va «Atlasko-EDU» nodavlat o'quv markazi qoshida tashkil qilingan bepul kurs bo'lib, nafaqa yoshigacha va nafaqa yoshidagilarning kompyuter savodxonligini oshirish asosiy maqsad qilib olingan.
Bu g'oya 2012 yilning 11 sentabrida ishlab chiqilgan bo'lib, unda 3 oy davomida kompyuter tuzilishi, dasturlari va yangi texnologiyalar o'rgatiladi. Microsoft Word, Excel, Power Point va Paint va Internet dasturlarida ishlash va unda yangilik qilish kurs a'zolariga ustuvor vazifa qilib belgilangan.
Kursni 48 nafar 50 yoshdan 74 yoshgacha bo'lgan ishtirokchilar tashkil qiladi. Qizig'i shundaki, eng yoshi ulug' o'quvchi 74 yosh. Shuningdek, u eng so'nggi a'zo hamdir.
Konferensiyada so'zga chiqqanlar quvnoq va samimiy tarzda barchaga o'qish taassurotlarini o'rtoqlashishdi. Tadbir yakunida eng yaxshi ijodkorlarga qimmatbaho sovg'alar hadya qilishdi.
Kursning kelgusida faoliyatini davom ettirish haqida qizg'in suhbat bordi.
Ayniqsa, Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda ishlash uchun qulay bilim va ko'nikma hosil qilgan ishtirokchilar yanada ahil-inoq va do'stl bo'lib qolish uchun zamin yaratildi, desak mubolag'a bo'lmasa kerak.
Qariyalarimizga bo'lgan e'tibor, mehr-muruvvat va hamdo'stlik barchamizni tark etmasin.
Kamoliddin HAMDAMOV,
O'zMU jurnalistika
fakulteti talabasi